Dasturiy vositalar va laboratoriya utilitalari
Kiberxavfsizlik, tarmoq auditi, paketlar tahlili va axborot himoyasi uchun zaruriy dasturiy ta'minotlar to'plami, o'rnatish instruksiyalari hamda video qo'llanmalari.
CyberEdu v1
Windows OT muhitida ishlaydigan axborot xavfsizligini ta’minlash dasturiy vositalar majmuasi axborot xavfsizligining turli yo‘nalishlarini qamrab oluvchi 12 ta funksional moduldan tashkil topgan bo‘lib, ular orqali talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan bog‘lash, axborot xavflarini aniqlash va tahlil qilish hamda xavfsizlik choralarini qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.
Wireshark
Dunyo bo'yicha eng mashhur ochiq kodli tarmoq protokollari analizatori. Tarmoq trafigini real vaqt rejimida ushlab qolish, paketlar strukturasini mikroskopik darajada tahlil qilish va xavflarni aniqlash vositasi.
Nmap
Tarmoqlarni kashf qilish va zaifliklarni skanerlash uchun universal buyruqlar satri utilitasi. Ochiq portlar, ishlayotgan xizmatlar, operatsion tizimlar va zaifliklarni aniqlash imkonini beradi.
Burp Suite Community
Veb-ilovalarning xavfsizligini tekshirish uchun yetakchi penetratsion testlar platformasi. HTTP/HTTPS proksi server, so'rovlarni ushlab qolish va o'zgartirish, zaifliklarni qidirish vositalari to'plami.
Total Commander
Ikki panelli klassik va qudratli fayl menejeri. FTP/SFTP protokollari, ZIP/RAR/7Z arxivlar bilan ishlash, fayllarni taqqoslash va fayllarning MD5/SHA256 xeshlarini hisoblash imkoniyatlariga ega.