Kiberxavfsizlik asoslari
Ushbu fundamental kiberxavfsizlik kursi axborot xavfsizligining uchta asosiy tamoyili (CIA triada: Konfidensiallik, Yaxlitlik, Mavjudlik), kiberjinoyatchilar va ularning motivlari, zararli dasturlar (virus, troyan, ransomware), ijtimoiy muhandislik va fishing hujumlari, DoS/DDoS va veb-zaifliklar (SQLi, XSS), botnetlar va zombi tarmoqlari arxitekturasi, kiberjosuslik hamda APT guruhlari, VPN, Tor va kriptografiya orqali tarmoqda anonimlikni ta'minlash, tashkilotlarda axborot xavfsizligi siyosati va SIEM tizimlari, shuningdek raqamli kriminalistika (kiberforensika va Chain of Custody) asoslarini to'liq qamrab olgan 9 tadan nazariy, amaliy va seminar moduldan iborat kompleks ta'lim dasturidir.
- Amaliy kiberxavfsizlik modullari
- AI test tahlili va javoblar izohi
- Universitetlar reyting ballari
Kurs haqida batafsil Kurs haqida ma鈥檒umotni yopish
Kursning o'quv dasturi va asosiy yo'nalishlari
Zamonaviy raqamli olamda axborot xavfsizligini ta'minlash eng dolzarb vazifalardan biriga aylandi. E'tiboringizga havolat etilayotgan mazkur kurs sizni kiberxavfsizlik sohasida yetuk mutaxassis qilib tayyorlash uchun zarur bo'lgan barcha zamonaviy bilimlarni o'zida jamlagan.
Kurs dasturi uzviy bog鈥榣iqlikka asoslangan va mantiqiy ketma-ketlikdagi 3 ta asosiy yo'nalishdan tashkil topgan:
馃摉1. Chuqurlashtirilgan nazariy tayyorgarlik va avtomatlashtirilgan nazorat (9 ta ma'ruza moduli)
路聽聽聽聽聽聽聽聽 Fundamental poydevor: Kursning nazariy qismida axborot xavfsizligining asosiy tamoyillari, kibermakon tushunchasi va uning arxitekturasi, kiberxavfsizlikni boshqarish hamda kiberjinoyatchilarning tasnifi chuqur yoritiladi.
路聽聽聽聽聽聽聽聽 Kibertahdidlar tahlili: Kiberjinoyatlarni rejalashtirish bosqichlari, botnetlar faoliyati, kiberhujumlarning texnik-huquqiy jihatlari, shuningdek, xakerlik vositalari va anonimlashtirish texnologiyalari ilmiy-uslubiy jihatdan batafsil ochib beriladi.
路聽聽聽聽聽聽聽聽 Raqamli kriminalistika: Blok yakunida kiberforensika asoslari va raqamli dalillarni tahlil qilish bo鈥榶icha mustahkam nazariy bilimlar beriladi.
路聽聽聽聽聽聽聽聽 Obyektiv baholash: Har bir ma'ruza mavzusini o鈥榸lashtirish darajasini xolis va avtomatlashtirilgan tarzda tekshirish maqsadida, platformaga maxsus interaktiv test savollari bazasi integratsiya qilingan.
馃捇 2. Real sharoitlardagi amaliy ko'nikmalar (9 ta amaliy mashg'ulot)
路聽聽聽聽聽聽聽聽 CyberEdu platformasi: Olingan nazariy bilimlarni bevosita raqamli va laboratoriya muhitida sinab ko鈥榬ish uchun platformaning o'ziga xos CyberEdu dasturiy vositalar majmuasidan keng foydalaniladi.
路聽聽聽聽聽聽聽聽 Himoya texnikalari: Amaliy mashg鈥榰lotlar davomida steganografiya (LSB algoritmi yordamida ma'lumotlarni yashirish), simsiz tarmoqlarga hujumlar va ulardan himoyalanish, shuningdek, fishing hujumlarini qaytarish texnikalari bajariladi.
路聽聽聽聽聽聽聽聽 Kiberhodisalarga javob berish (Incident Response): Zararli dasturlarni aniqlash, kompyuter forensikasiga kirish, raqamli forensik tekshiruvlar o鈥榯kazish, elektron pochta metama'lumotlari hamda tarmoq trafigini chuqur tahlil qilish bo鈥榶icha professional amaliy ko鈥榥ikmalar shakllantiriladi.
馃棧 3. Tahliliy yondashuv va interfaol muhokamalar (9 ta seminar mashg'uloti)
路聽聽聽聽聽聽聽聽 Tanqidiy fikrlash: Seminar darslari talabalarning vaziyatni tahlil qilish, muammoli holatlarga mustaqil yechim topish va kasbiy dunyoqarashini kengaytirishga to鈥榣iq yo鈥榥altirilgan.
路聽聽聽聽聽聽聽聽 Global muammolar tahlili: Kiberxavfsizlikdagi xalqaro yondashuvlar, ijtimoiy muhandislik vektorlari hamda sohada faoliyat yurituvchi yirik tashkilotlar faoliyati qizg鈥榠n muhokama qilinadi.
路聽聽聽聽聽聽聽聽 Zamonaviy metodologiyalar: Viruslar va qurtlarning tarqalish mexanizmlari, DoS/DDoS hujumlari hamda himoya strategiyalari Case-study va SWOT-tahlil kabi ilg鈥榦r metodlar yordamida chuqur ko鈥榬ib chiqiladi.
路聽聽聽聽聽聽聽聽 Guruhli tadqiqotlar: Domen nomlari va IP-manzillarni kuzatish, shuningdek, kiberxavfsizlik va forensik tekshiruvlar natijasida professional hisobotlarni rasmiylashtirish bo鈥榶icha jamoaviy ishlash malakasi oshiriladi.
O'quv dasturi
Kurs boshlanishi
Kirish testi
Kurs yakuni
Chiqish testi
1-mavzu. Axborot xavfsizligiga kirish
Axborot xavfsizligining asosiy tushunchalari, tamoyillari (CIA) va global kiberxavfsizlik holati.
- 1-ma'ruza. Axborot xavfsizligiga kirish +10 ball
- 1-mavzu bo'yicha test +40 ball
- Axborot xavfsizligiga kirish ixtiyoriy
2-mavzu. Kiberjinoyatchilar va ularning tasnifi
Kiberjinoyatchilar turlari (White, Black, Grey Hat), motivatsiyasi va ularning jamiyatga ta'siri.
- 2-ma'ruza. Kiberjinoyatchilar va ularning tasnifi +10 ball
- 2-mavzu bo'yicha test +40 ball
- Kiberjinoyatchilar va ularning tasnifi ixtiyoriy
3-mavzu. Kibermakon tushunchasi va uning arxitekturasi
Kibermakon atamasi, uning qatlamlari, elementlari va zamonaviy arxitekturasi.
- 3-ma'ruza. Kibermakon tushunchasi va uning arxitekturasi +10 ball
- 3-mavzu bo'yicha test +40 ball
- Kibermakon tushunchasi va uning arxitekturasi ixtiyoriy
4-mavzu. Kiberxavfsizlik va kibermakonni boshqarish
Kibermakonni tartibga solish, boshqaruv tizimlari va xavfsizlik standartlari.
- 4-ma'ruza. Kiberxavfsizlik va kibermakonni boshqarish +10 ball
- 4-mavzu bo'yicha test +40 ball
- Kiberxavfsizlik va kibermakonni boshqarish ixtiyoriy
5-mavzu. Kiberjinoyatchilar va kiberjinoyatlarni rejalashtirish asoslari
Kiberjinoyat bosqichlari (Cyber Kill Chain), nishonni tanlash va hujumni rejalashtirish.
- 5-ma'ruza. Kiberjinoyatchilar va kiberjinoyatlarni rejalashtirish asoslari +10 ball
- 5-mavzu bo'yicha test +40 ball
- Kiberjinoyatchilar va kiberjinoyatlarni rejalashtirish asoslari ixtiyoriy
6-mavzu. Kiberjinoyatchilar faoliyati va raqamli xavfsizlik
Kiberta'qib, ijtimoiy muhandislik va ochiq joylarda raqamli xavfsizlik choralarini ko'rish.
- 6-ma'ruza. Kiberjinoyatchilar faoliyati va raqamli xavfsizlik +10 ball
- 6-mavzu bo'yicha test +40 ball
- Kiberjinoyatchilar faoliyati va raqamli xavfsizlik ixtiyoriy
7-mavzu. Botnetlar va kiberhujumlarning texnik-huquqiy jihatlari
Botnetlar arxitekturasi (C&C), DDoS hujumlar va kiberjinoyatlarga qarshi qonunchilik asoslari.
- 7-ma'ruza. Botnetlar va kiberhujumlarning texnik-huquqiy jihatlari +10 ball
- 7-mavzu bo'yicha test +40 ball
- Botnetlar va kiberhujumlarning texnik-huquqiy jihatlari ixtiyoriy
8-mavzu. Kiberjinoyat vositalari va anonimlashtirish texnologiyalari
Proksi, VPN, Tor tarmog'i va anonimlashtirish usullarining ishlash prinsiplari.
- 8-ma'ruza. Kiberjinoyat vositalari va anonimlashtirish texnologiyalari +10 ball
- 8-mavzu bo'yicha test +40 ball
- Kiberjinoyat vositalari va anonimlashtirish texnologiyalari ixtiyoriy
9-mavzu. Kiberforensika asoslari va raqamli dalillar tahlili
Raqamli dalillarni yig'ish, saqlash (Chain of Custody), tahlil qilish va ekspertiza asoslari.
- 9-ma'ruza. Kiberforensika asoslari va raqamli dalillar tahlili +10 ball
- 9-mavzu bo'yicha test +40 ball
- Kiberforensika asoslari va raqamli dalillar tahlili ixtiyoriy
1- amaliy mashg'ulot. Steganografiya - ma鈥檒umotlarni yashirish usullari
Steganografiya, uning vazifalari, turlari va ishlash prinsiplari haqida amaliy bilimlarni shakllantirish hamda raqamli tasvirlarda ma鈥檒umotlarni yashirish va ajratib olishning LSB usulini amaliy o鈥榸lashtirish
- 1- amaliy mashg'ulot. Steganografiya - ma鈥檒umotlarni yashirish usullari +10 ball
- 1- amaliy mashg'ulot. Steganografiya - ma鈥檒umotlarni yashirish usullari +5 ball
2- amaliy mashg'ulot. Simsiz tarmoqlarga hujumlar va ulardan himoyalanish
Simsiz tarmoqlar, Wi-Fi xavfsizligi, simsiz tarmoqlarga qarshi amalga oshirilishi mumkin bo鈥榣gan asosiy hujumlar va ulardan himoyalanish usullarini amaliy misollar asosida o鈥榬gatish
- 2- amaliy mashg'ulot. Simsiz tarmoqlarga hujumlar va ulardan himoyalanish +10 ball
3- amaliy mashg'ulot. Fishing hujumlari va shaxsiy ma鈥檒umotlarni o鈥榞鈥榠rlashdan himoyalanish
Fishing (fribgarlik), identity theft (shaxsiy ma鈥檒umotlarni o鈥榞鈥榠rlash), ijtimoiy muhandislik, soxta havola, soxta login sahifasi, zararli ilova va boshqa identifikatsiya ma鈥檒umotlarini qo鈥榣ga kiritishga qaratilgan tahdidlarning mohiyatini amaliy misollar asosida o鈥榬gatish
- 3- amaliy mashg'ulot. Fishing hujumlari va shaxsiy ma鈥檒umotlarni o鈥榞鈥榠rlashdan himoyalanish +10 ball
4- amaliy mashg'ulot. Fishing hujumlari texnikalari va ularni aniqlash
Zamonaviy fishing hujumlarida qo鈥榣laniladigan asosiy texnikalar, hujum vektorlari va ijtimoiy muhandislik usullarini amaliy misollar asosida o鈥榬gatish. Talabalarda fishing xabarlarining tuzilishi, havola va domen xususiyatlari, soxta autentifikatsiya sahifalari hamda boshqa fishing indikatorlarini aniqlash va tahlil qilish ko鈥榥ikmalarini shakllantirish
- 4- amaliy mashg'ulot. Fishing hujumlari texnikalari va ularni aniqlash +10 ball
5- amaliy mashg'ulot. Kiberhodisalarni aniqlash va ularga javob berish
Kiberhodisa tushunchasi, kiberhodisalarni aniqlash, baholash, tasniflash va ularga javob berishning asosiy bosqichlarini amaliy vaziyatlar asosida o鈥榬gatish
- 5- amaliy mashg'ulot. Kiberhodisalarni aniqlash va ularga javob berish +10 ball
6- amaliy mashg'ulot. Zararli dasturlarni aniqlash va ulardan himoyalanish
Zararli dasturlar (Malware) tushunchasi, ularning asosiy turlari, ishlash xususiyatlari va foydalanuvchi hamda axborot tizimlariga yetkazishi mumkin bo鈥榣gan xavflarni amaliy misollar asosida o鈥榬gatish. Talabalarda shubhali fayllar, jarayonlar, dasturlar va Android APK fayllarini xavfsizlik nuqtayi nazaridan tahlil qilish, antivirus vositalari yordamida tekshirish, zararli dastur indikatorlarini aniqlash, xavf darajasini baholash va aniqlangan tahdidga nisbatan tegishli himoya choralarini belgilash ko鈥榥ikmalarini shakllantirish
- 6- amaliy mashg'ulot. Zararli dasturlarni aniqlash va ulardan himoyalanish +10 ball
7- amaliy mashg'ulot. Kompyuter forensikasiga kirish va raqamli dalillarni tahlil qilish
Computer Forensics (kompyuter forensikasi) tushunchasi, uning maqsadi va asosiy vazifalarini tushuntirish. Talabalarda raqamli dalillarni aniqlash, yig鈥榠sh, saqlash, yaxlitligini ta鈥檓inlash, tahlil qilish va hujjatlashtirish bo鈥榶icha dastlabki amaliy ko鈥榥ikmalarni shakllantirish. Disk image, hash, metadata, file system artifact, browser artifact, Event Log va Chain of Custody tushunchalarini amaliy misollar asosida o鈥榬gatish
- 7- amaliy mashg'ulot. Kompyuter forensikasiga kirish va raqamli dalillarni tahlil qilish +10 ball
8- amaliy mashg'ulot. Raqamli forensik tekshiruv va elektron pochta metama鈥檒umotlarini tahlil qilish
Raqamli forensik tekshiruvning asosiy bosqichlari, raqamli dalillarni aniqlash, yig鈥榠sh, saqlash va tahlil qilish tamoyillarini amaliy misollar asosida o鈥榬gatish. Elektron pochta xabarlarining metama鈥檒umotlari (email metadata), xususan From, To, Date, Subject, Message-ID, Received, Return-Path, Reply-To, MIME-Version, Content-Type kabi header maydonlarini aniqlash va tahlil qilish ko鈥榥ikmalarini shakllantirish.
- 8- amaliy mashg'ulot. Raqamli forensik tekshiruv va elektron pochta metama鈥檒umotlarini tahlil qilish +10 ball
9- amaliy mashg'ulot. Tarmoq forensikasi asoslari va tarmoq trafikini tahlil qilish
Tarmoq forensikasi tushunchasi, uning maqsadi va asosiy vazifalarini o鈥榬gatish hamda tarmoq trafikini forensik nuqtayi nazardan kuzatish va tahlil qilish ko鈥榥ikmalarini shakllantirish. Talabalarga IP manzil, MAC manzil, port, protokol, paket, TCP/UDP, DNS, HTTP/HTTPS, trafik oqimi (flow), vaqt belgisi (timestamp) kabi tarmoq artefaktlarini aniqlash va ular asosida tarmoq hodisasini baholashni o鈥榬gatish
- 9- amaliy mashg'ulot. Tarmoq forensikasi asoslari va tarmoq trafikini tahlil qilish +10 ball
1- seminar mashg'ulot. Kiberxavfsizlik muammolari va global yondashuvlar
Talabalarda zamonaviy kiberxavfsizlikning mazmuni, asosiy muammolari va global miqyosdagi tahdidlar haqida tizimli ilmiy tasavvur hosil qilish hamda turli davlatlar va xalqaro tashkilotlarning kiberxavfsizlikka oid yondashuvlarini tahlil qilish ko鈥榥ikmasini shakllantirish
- 1- seminar mashg'ulot. Kiberxavfsizlik muammolari va global yondashuvlar +10 ball
2- seminar mashg'ulot. Ijtimoiy muhandislik va kiberhujum vektorlari
Talabalarda ijtimoiy muhandislik tushunchasi, uning asosiy shakllari va kiberhujum vektorlari haqidagi nazariy bilimlarni tizimlashtirish hamda inson psixologiyasi va xulq-atvoridan foydalanish orqali amalga oshiriladigan kiberhujumlarning mohiyatini tahlil qilish ko鈥榥ikmasini shakllantirish
- 2- seminar mashg'ulot. Ijtimoiy muhandislik va kiberhujum vektorlari +10 ball
3- seminar mashg'ulot. Kiberjinoyatchilik va kiberxavfsizlik bilan shug鈥榰llanuvchi tashkilotlar
Talabalarda kiberjinoyatchilikning mazmuni, asosiy ko鈥榬inishlari, kiberjinoyatlarga qarshi kurashuvchi milliy va xalqaro tashkilotlarning vazifalari hamda ular o鈥榬tasidagi hamkorlik mexanizmlari haqida tizimli bilimlarni shakllantirish
- 3- seminar mashg'ulot. Kiberjinoyatchilik va kiberxavfsizlik bilan shug鈥榰llanuvchi tashkilotlar +10 ball
4- seminar mashg'ulot. Viruslar va qurtlar hamda ularning tarqalish mexanizmlari
Talabalarda kompyuter viruslari va qurtlar tushunchasi, ularning o鈥榸iga xos xususiyatlari, ishlash va tarqalish mexanizmlari hamda keltirib chiqaradigan xavflari haqida tizimli tasavvur hosil qilish
- 4- seminar mashg'ulot. Viruslar va qurtlar hamda ularning tarqalish mexanizmlari +10 ball
5- seminar mashg'ulot. DoS va DDoS hujumlari hamda ulardan himoyalanish
Talabalarda DoS va DDoS hujumlarining mohiyati, o鈥榸iga xos xususiyatlari, hujumlarning asosiy ko鈥榬inishlari, xizmatlarning mavjudligiga ta鈥檚iri hamda ulardan himoyalanishning tashkiliy va texnik yondashuvlari haqida tizimli bilimlarni shakllantirish
- 5- seminar mashg'ulot. DoS va DDoS hujumlari hamda ulardan himoyalanish +10 ball
6- seminar mashg'ulot. Kiberhujumlarga qarshi choralar va shaxsiy ma鈥檒umotlarni o鈥榞鈥榠rlash
Talabalarda kiberhujumlarning shaxsiy ma鈥檒umotlar xavfsizligiga ta鈥檚iri, shaxsiy ma鈥檒umotlarni noqonuniy egallash usullari hamda ulardan himoyalanishning texnik, tashkiliy va individual choralariga oid bilimlarni shakllantirish
- 6- seminar mashg'ulot. Kiberhujumlarga qarshi choralar va shaxsiy ma鈥檒umotlarni o鈥榞鈥榠rlash +10 ball
7- seminar mashg'ulot. Kompyuter forensikasining zarurati va kiberhodisalarni tekshirish
Talabalarda kompyuter forensikasi tushunchasi, uning kiberhodisalarni aniqlash va tekshirishdagi o鈥榬ni, raqamli dalillarning ahamiyati hamda kiberhodisalarni tekshirishning asosiy bosqichlari haqida tizimli bilimlarni shakllantirish
- 7- seminar mashg'ulot. Kompyuter forensikasining zarurati va kiberhodisalarni tekshirish +10 ball
8- seminar mashg'ulot. Kiberxavfsizlik va forensik hisobotlarni tayyorlash
Talabalarda kiberhodisalar bo鈥榶icha forensik hisobotning maqsadi, tuzilishi, mazmuni, dalillarga asoslangan xulosa shakllantirish hamda tekshiruv natijalarini aniq va tizimli hujjatlashtirish haqida bilimlarni shakllantirish
- 8- seminar mashg'ulot. Kiberxavfsizlik va forensik hisobotlarni tayyorlash +10 ball
9- seminar mashg'ulot. Domen nomi va IP-manzilni aniqlash va kuzatish
Talabalarda domen nomi, IP-manzil, DNS, domen va IP-manzil o鈥榬tasidagi bog鈥榣iqlik, IP-manzil bo鈥榶icha ochiq ma鈥檒umotlarni tahlil qilish hamda ushbu ma鈥檒umotlardan kiberxavfsizlik nuqtayi nazaridan foydalanish haqida bilimlarni shakllantirish
- 9- seminar mashg'ulot. Domen nomi va IP-manzilni aniqlash va kuzatish +10 ball
Bobobekov Shokir Ravshnovich
Kiberxavfsizlik mutaxassisi
Platforma muallifi
15 yildan ortiq ilmiy va amaliy tajribaga ega tarmoq xavfsizligi bo'yicha ekspert. CyberEdu ta'lim metodologiyasi va kiber-laboratoriya dasturi muallifi.
Savollaringiz bormi?
Har bir darslik va testda AI yordamchisi siz bilan birga ishlaydi. Qiyinchilik tug'ilganda shaxsiy AI izohlarini oling.